Bu haqda xabar bergan spot.uz saytiga ko`ra, “Osiyo Shengeni"ni ishga tushirishning aniq sanasini ikki tomonlama komissiya belgilaydi, loyiha hali davlatlarning o`zida ichki kelishish tartibidan o`tishi lozim.
O`zbekiston va Qozog`iston yagona sayyohlik vizasi “Silk Road Visa"ni joriy etish bo`yicha barcha texnik masalalarni kelishib olgan.
Loyihani amalga oshirish uchun chet elliklar ariza qoldirishi mumkin bo`lgan portal ishga tushiriladi. Murojaatga javob 48 soat ichida beriladi.
“Osiyo Shengeni"ni ishga tushirishning aniq sanasini ikki tomonlama komissiya belgilaydi, loyiha hali davlatlarning o`zida ichki kelishish tartibidan o`tishi lozim.
Qirg`iziston va Ozarbayjon “Osiyo Shengeni”ga qiziqish bildirmoqdalar, shuningdek, Tojikiston, Mo`g`uliston va bir qator Kavkazorti respublikalari ham uning ishtirokchilari bo`lishi mumkin.






