AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 11-sinf o`quvchisi uyidagi molxonadan osilgan holda topildi

'Qashqadaryoda 11-sinf o`quvchisi uyidagi molxonadan osilgan holda topildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 11-sinf o`quvchisi uyidagi molxonadan osilgan holda topildi. Bu haqdagi xabarni daryo.uz ga viloyat prokuraturasi axborot xizmati tasdiqlagan.

O`z joniga qasd qilgan 18 yoshli qizning maktab o`quvchisi ekanini tasdiqlagan Nishon tuman xalq ta`limi bo`limi boshlig`i Jahongir Xolmurodov marhumaning tumandagi 23-maktabda tahsil olib kelganini ma`lum qildi. Uning aytishicha, voqea ertalab soat 07:00—07:30 atrofida sodir bo`lgan. 

Mazkur holat bo`yicha tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi ochilgan yoki ochilmagani noma`lum.

    Boshqa yangiliklar