Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga ko`ra, departament hamda IIBning Xonobod shahar bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgag. Unda, fuqaro R.K., fuqaro F.ning ishonchiga kirib, Xo`jaobod tumanida “Bog`dorchilik” uchun ajratilgan 0,8 gektar er maydonidan bir qismini tanishlari orqali turar joy qurish uchun er ajratib berishni va`da qilib, oldindan kelishilgan 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Bo`ston tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro S.O. va boshqalar 6 nafar fuqaroning ishonchiga kirib “A.” MChJga tegishli er maydonining bir qismini 1 yil muddatga sabzavot va poliz ekinlari ekish uchun ajratib berishga va`da berib, evaziga ularning 43,8 mln so`m va 1 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






