AsosiyJamiyat

Rossiyada 18 yil oldin bedarak yo`qolgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi

'Rossiyada 18 yil oldin bedarak yo`qolgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi'ning rasmi

Rossiyada 18 yil bedarak yo`qolgan vatandoshimiz O`zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Asli Toshkent shahridan bo`lgan fuqaro P.K 2003 yilda Rossiyaga ishlash maqsadida ketadi. Ma`lum bir vaqtdan keyin salomatligi yomonlashib, insult bo`lishi natijasida yaqinlari bilan aloqasi uziladi.

Oradan 18 yil o`tib, fuqaro Samara shahridan topildi. Uning shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz, ishsiz, boshpanasiz ko`chada yashab yurganligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir surxondaryolik yurtdoshimiz I.T Samara shahrida sog`ligi yomonlashib, mehnatga layoqatsiz bo`lib qolishi va pasportining yo`qolishi natijasida murakkab vaziyatga tushib qolgani haqida murojaat kelib tushgan.

Ushbu fuqarolarga mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirib, Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda Qozon-Toshkent aviareysi orqali O`zbekistonga qaytarildi.

Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Xalqaro migrasiya tashkiloti mas`ul xodimlari va yaqin qarindoshlari kutib oldi

Boshqa yangiliklar