O`zbekiston hududida 200dan ortiq turdagi chigirtkalar uchraydi. Shundan 6-7 turdagisi ularga qarshi kurash tadbirlari o`tkazilmasa, qishloq xo`jaligi ekinlari va yaylovlarga jiddiy zarar etkazishi mumkin.
Bu haqda AOKAda o`tkazilgan «O`zbekiston hududida tarqaladigan zararli chigirtkalar turlari, biologiyasi va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari» mavzusidagi matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
“O`zagrokimyohimoya” aksionerlik jamiyati vakillari ishtirok etayotgan tadbirda qayd etilishicha, ushbu zararli turlarga «Marokash», «Italiya prusi», «Osiyo», «Otbosar», «Katta bukri», «Saksovul» chigirtkalari kiradi.
2021 yil mavsumida soha olimlarining ko`p yillar ma`lumotlari va tahlillariga asosan respublikada zararli chigirtkalarni 593 ming gektar maydonda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov o`tkazilishi taxmin qilingan.






