Hukumat qarori bilan Samarqand davlat universitetining Kattaqo`rg`on filiali tashkil etildi.
Filialning asosiy vazifalaridan biri hududda pedagogika, iqtisodiyot, transport logistikasi sohalarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda professional oliy ma`lumotli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.
Filialda ta`lim faoliyati 2021/2022 o`quv yilidan boshlanadi.
Filialga talabalarni bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha davlat granti va to`lov-kontrakt asosida teng ulushda qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika OTMga o`qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Filial viloyatning Kattaqo`rg`on, Narpay, Paxtachi, Ishtixon va Nurobod tumanlaridagi maktablar, o`rta maxsus ta`lim muassasalarida o`qituvchilarga doimiy ravishda ilmiy-metodik yordam ko`rsatib boradi.
Filialni salohiyatli professor-o`qituvchilar bilan ta`minlash maqsadida respublikaning etakchi OTMlarida tegishli sohalar bo`yicha 2021/2022 o`quv yilidan magistraturada va 2022 yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari ko`riladi.






