2021 yil 18 may kuni soat 16.40 da Bektemir tumanidagi Toshkent xalqa avtomobil yo`lidagi “Qo`yliq” dehqon bozori yaqinida olib borilgan sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilinishini nazorat qilishga qaratilgan tadbir davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tibbiy niqob taqmagan qiz to`xtatildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIB.
Tekshiruv davomida uning shaxsi aniqlandi va u 2020 yilning 27 dekabr kunidan buyon O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasida (“Firibgarlik”) ko`rsatilgan hatti-harakatlarni sodir etganligi uchun qidiruvda bo`lgan 2002 yilda tug`ilgan Aziza M. ekanligi ma`lum bo`ldi. Fuqaro Bektemir tumani IIO FMBga etkazildi.






