AsosiyJamiyat

Toshkentning 2 tumanida suv ta`minoti uchun nazoratchilar tomonidan pul undirish butunlay to`xtatiladi. Sababi...

'Toshkentning 2 tumanida suv ta`minoti uchun nazoratchilar tomonidan pul undirish butunlay to`xtatiladi. Sababi...'ning rasmi

Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlari hamda 

Toshkent viloyatining Qibray tumani 

(“Musaffo obi hayot” MChJ iste`molchilaridan tashqari

aholi foydalanuvchilari diqqatiga!

Sohani raqamlashtirish orqali to`lov intizomi va madaniyatini kuchaytirish, shuningdek, etkazib berilayotgan ichimlik suvi va ko`rsatilayotgan oqava suv xizmatlari bo`yicha pul mablag`lari oqimining shaffofligini yanada oshirish orqali korrupsion holatlarni oldini olish bo`yicha amaliy choralar kengaytirilib borilmoqda.

Bu kabi choralarning mantiqiy davomi sifatida, 2021 yil 20 maydan 
1 iyulgacha pilot loyiha tariqasida ushbu tumanlarda suv ta`minoti korxonalarining nazoratchilari tomonidan xizmatlar uchun aholidan pul undirish ishlari butunlay to`xtatilishi ma`lum qilinadi.

Ushbu hududlarga biriktirilgan nazoratchilar faqat belgilangan tartibdagi kuzatuv va xatlov ishlari bilan shug`ullanadi, ular tasarrufidagi to`lov terminallari va termoprinterlar boshqa hududlarga biriktiriladi.

O`z navbatida, ichimlik va oqava suv xizmatlari uchun to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishda Siz qulay va tezkor bo`lgan quyidagi vositalardan foydalanishingiz mumkinligi eslatib o`tiladi:

  • http://Cabinet.uzst.uz shaxsiy kabinet orqali;
  • @uzst_bot telegram-boti orqali;
  • elektron to`lov tizimlari (Click, Paynet, Upay, Payme, Oson) hamda to`lov infokiosklari;
  • tijorat banklari mobil ilovalari;
  • tijorat bank kassalari va shahobchalari hamda pochta bo`limlari.

 

Hurmatli Qibray (“Musaffo obi hayot” MChJ iste`molchilaridan tashqari), Olmazor va Shayxontohur tumanlari iste`molchilari!

Ushbu pilot loyiha davrida iste`mol qilingan ichimlik suvi va oqava suv xizmatlari uchun suv ta`minoti korxonalari nazoratchilari to`g`ridan-to`g`ri to`lov talab qilishlari holatlariga duch kelsangiz, “O`zsuvta`minot” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha 555-03-1055 telefon raqamiga yoki stopcorruption@umail.uz elektron pochtasi orqali murojaat qiling.

Shuningdek, respublika bo`yicha 12-55 yagona qisqa raqami (barcha qo`ng`iroqlar bepul) hamda “Suvta`minot / Vodosnabjenie” (t.me/uzsuv_chat) telegram-chati vositasida ham Siz sohaga oid barcha savollar, murojaatlar va takliflaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin. 

Sohada olib borilayotgan va avvalambor, aholiga xizmat ko`rsatish ko`lami va sifatini oshirishga qaratilgan bu kabi islohotlarni qo`llab-quvvatlashingizga umid bildirib qolamiz.

    Boshqa yangiliklar