AsosiyJamiyat

Toshkentdagi bir maktabning 21 nafar o`quvchisi xorijiy OTMga o`qishga qabul qilindi

'Toshkentdagi bir maktabning 21 nafar o`quvchisi xorijiy OTMga o`qishga qabul qilindi'ning rasmi

Poytaxtning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabini amaldagi yilda 191 nafar yigit-qiz tamomlaydi. Ayni kunlarda bitiruvchilar xorijning turli nufuzli oliygohlariga o`qishga kirish uchun topshirgan imtihonlari natijalarini birin-ketin qo`lga kiritmoqda.

Jumladan, hozirgacha maktabning 21 nafar bitiruvchisi yuqori ball jamg`arib, Rossiya, Singapur, Janubiy Koreya, AQSh, Malayziya kabi bir qator mamlakatlarning oliygohlariga o`qishga qabul qilinish imkoniyatini qo`lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Quvonarlisi, ulardan Mubinaxon Qosimova Vengriyaning Semmelweis University (Budapesht) grant asosida o`qishga qabul qilingan bo`lsa, AQShning  Widener University stipendianti sifatida tahsil olish imkoniyatini qo`lga kiritdi. Shuningdek, kelgusida o`z taqdirini tibbiyot sohasi bilan bog`lashni istayotgan Mubinaxon Turkiyaning  BAU hamda  KOS University laridan birini tanlash imkoniga ega.

    Boshqa yangiliklar