Bugun, 20 may kuni ertalab soat 08:00lar atrofida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Sergeli tumani 6-Navro`z ko`chasida joylashgan xonadonda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
FVVning yong`in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan yong`in sodir bo`layotgan joyga etib borishib, bir necha daqiqa ichida yong`inni to`liq bartaraf etdilar . Yong`inni kelib chiqish sabablari mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.
Ushbu hodisada jarohat olganlar va qurbonlar yo`q.