AsosiyJamiyat

Emlash jarayonlarida vodiy viloyatlari peshqadamlik qilmoqda

'Emlash jarayonlarida vodiy viloyatlari peshqadamlik qilmoqda'ning rasmi

️19 mayda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 50179 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 13703 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 36476 nafarni tashkil qildi.

 

️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 1462491 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 1139698 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 322793 nafarni tashkil qildi.

 

19 may kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Namangan viloyati (8053 doza)
  • Andijon viloyati (6429 doza),
  • Camarqand viloyati (5848 doza),  
  • Farg`ona viloyati (5241 doza),  

band qildi.  

Emlash jarayonlarida vodiy viloyatlari peshqadamlik qilib, jami emlashlar soni:

  • Farg`ona viloyatida 196255 doza,  
  • Andijon viloyatida 183619 doza,
  • Namangan viloyatida 162824 doza,
  • Samarqand viloyatida 144075 doza,
  • Qashqadaryo viloyatida 106480 doza,
  • Toshkent shahrida 105213 doza,
  • Surxondaryo viloyatida 104874 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar