Qarshi shahrida tun-u kun ishlaydigan savdo va ko`ngilochar ko`chani tanlab olish bo`yicha viloyat hokimi Zoyir Mirzaev rahbarligidagi ishchi guruh o`rganishlar olib bormoqda.
Ma`lumot o`rnida, “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident qaroriga ko`ra, savdo va ko`ngilochar ko`chalarda ko`chma savdo ob`ektlari uchun joylar tadbirkorlik sub`ektlariga elektron onlayn-auksion asosida sotiladi, barcha tadbirkorlik sub`ektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritish huquqi beriladi.