AsosiyJamiyat

Chirchiqda farzandlarining tarafini olib bir-birini do`pposlagan ayollar jinoiy javobgarlikka tortildi

'Chirchiqda farzandlarining tarafini olib bir-birini do`pposlagan ayollar jinoiy javobgarlikka tortildi'ning rasmi

2021 yilning 17 may kuni soat 19:00 larda 22 yoshli P.Nodira onasi 43 yoshli N.Xanipa bilan Chirchiq shahar Istiqbol ko`chasi hududidagi 67-sonli yotqoxona oldida joylashgan bolalar maydonchasida voyaga etmagan 2 yoshli farzandini 25 yoshli B.Milananing 5 yoshli farzandi tomonidan itarib yuborib yiqitganligini vaj qilib, B.Milana va onasi B.Ivanovalarni haqorat qilib, urib do`pposlaganlar. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Natijada B.Milana va B.Ivanovalar Chirchiq shahar tez tibbiy yordam bo`limiga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan P.Nodira va N.Xanipalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “B” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar