Prezidentimiz tomonidan sog`liqni saqlash sohasini isloh qilish borasida o`tgan yil noyabr va joriy yil aprel oylarida sohadagi islohotlarning samaradorligi va xalqimizning tibbiy xizmatlardan rozilik darajasi oshirish bo`yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.
Ushbu vazifalarni o`z vaqtida bajarish uchun Bosh vazir o`rinbosari, vazir, uning o`rinbosarlari qabul qilingan Farmon va qarorlar ijrosini tashkil etish bo`yicha aniq hududlarga shaxsan biriktirildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 18 may kunidagi tibbiyot sohasini rivojlantirish va raqamlashtirish bo`yicha videoselektor yig`ilishida ta`kidlanganidek, o`tgan 6 oy davomida butun mamlakat aholisining salomatligi to`g`risidagi ma`lumotlarning “mahallabay” va “xonadonbay” elektron bazasi shakllantirildi.
Bundan tashqari:
- joriy yilda 600 mingga yaqin maktab yoshidagi qizlar skriningdan o`tkazildi.
- 6 milliondan ziyod bolalar ichak parazitlari(gijjalar)ga qarshi profilaktika tadbirlari bilan qamrab olindi.
Ma`lumot uchun, gijjalar aniqlanganda zudlik bilan malakali gastroenterolog tavsiyasi asosida davolanish lozim. Bolalar organizmida bo`lgan gijjalar oshqozon-ichak traktiga salbiy ta`sir ko`rsatib, ozuqa moddalarining o`zlashtirilishi jarayonlarini buzadi, davo o`z vaqtida olib borilmaganida esa hayot uchun muhim bo`lgan a`zolar — o`pka, bosh miya va boshqalarni shikastlashi mumkin.