Kecha, 19 may kuni fuqaro X.A. “Damas” rusumli avtomashinasini Katta Qo`shtepa qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, oldinda harakatlanib ketayotgan A.A. boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktori bilan to`qnashib ketishi oqibatida, “Damas” rusumli avtomashina yo`lovchisi B.U tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.