AsosiyJamiyat

O`zbekistonda zo`ravonlikdan jabr ko`rgan ayollar uchun 24 soat ishlovchi “ishonch telefoni” ishga tushiriladi

'O`zbekistonda zo`ravonlikdan jabr ko`rgan ayollar uchun 24 soat ishlovchi “ishonch telefoni” ishga tushiriladi'ning rasmi

Joriy yilning 19 may kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan xotin-qizlarni reabilitasiya qilishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan mazkur qaror xotin-qizlarning himoya qilinishini ta`minlash, o`z joniga suiqasd qilish holatlarining barvaqt oldini olish, mutasaddi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu yo`nalishdagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.  

Qaror bilan:

Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi negizida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollar reabilitasiya va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy bo`limlari tashkil etildi hamda asosiy vazifalari belgilandi;

mavjud 197 ta Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarini optimallashtirish hisobiga 29 ta Markaz qoldirilib, ularning shtat birliklari belgilandi;

- markazlar faoliyatiga oid tashkiliy masalalar tartibga solindi, ularga joylashtiriladigan shaxslar toifasiga aniqlik kiritildi;

- xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlash, ushbu yo`nalishda faoliyatni amalga oshiradigan vazirlik va idoralarga qo`shimcha vazifalar yuklandi.

Shuningdek, Bosh prokuratura, O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi hamda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “AZIZ-AYOL.UZ” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida 24 soat usluksiz ishlovchi “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar