Samarqand viloyatida fermer xo`jaligi erini 50 000 AQSh dolariga sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “D.” fermer xo`jaligi rahbari I.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, xo`jalikning 1 gektar er maydonini firibgarlik yo`li bilan fuqaro A.ga 50 000 AQSh dollari hamda 1 dona “Nexia-3” rusumli avtomashina evaziga sotishni rejalashtirishib, 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.