18 may kuni Namangan viloyati IIB YHXB YPX guruh komandiri leytenant Sh.Mirzaniyozov IIV O`XB Namangan viloyati bo`yicha bo`limi boshlig`i nomiga korrupsion harakat yuzasidan bildirgi bilan murojaat qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, 18 may kuni soat 15:30 larda, qo`l ostida xizmat qiluvchi xodimi, Namangan viloyati IIB YHXB YPX inspektori safdor P.Dadaboev Namangan muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotib “Toshkent” yo`nalishiga qarab harakatlanib ketayotgan, “Ford tranzit” rusumli avtomashinani to`xtatib tekshirgan vaqtida haydovchining avtomashinani boshqarishga doir tegishli hujjatlari bo`lmagan.
Shu sababli xaydovchining transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib borib qo`yganligini hamda haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Biroq, haydovchi uning oldiga kelib, yuqoridagi aniqlangan holat yuzasidan qonuniy chora ko`rmaslik hamda avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqib berish evaziga 100 AQSh dollari berishini aytib, pora taklif qilayotganligini ma`lum qilib, ushbu fuqaroga nisbatan chora ko`rishni so`ragan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Sh.Mirzaniyozovning bildirgisiga asosan, IIV O`XB Namangan viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari tomonidan tezkor-tadbir belgilanib, o`tkazilgan tadbir davomida, haydovchi Pop tumanida joylashgan Namangan muntazam YPX maskani hovlisida leytenant Sh.Mirzaniyozovga 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan IIV O`XB Namangan viloyati bo`yicha bo`limi tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






