“Mahalla muammolari” saytiga 18 may kuni kelib tushgan Mahalla va Oilani qo`llab quvvatlash Vaziriga Xalq deputatlari Qibray tumani kengashi deputati, Doniyor Yusupov tomonidan Mirzo Ulug`bek tumani “Oqibat” MFY raisiga nisbatan tekshirilmagan, bir tomonlama eshituv xulosasiga tayangan xolda, uning ismi familiyasini to`liq bilmagan xolda aniq holatni surishtiruvlarsiz, bo`hton to`qimalar bilan saytga murojaatnoma e`lon qilgan.
Haqiqatda, Markaz-1, 9 uy 14 xonadonga sudning qarori bilan majburan kiritib qo`yilgan Jo`rabekova Go`lnoraning 3 nafar farzandi bilan birgalikda ro`yxatga qo`yilganligini, tasdiqlovchi hujjatni MFY tomonidan maktabga taqdim etilgan. Sud prosessi boshlangandan so`ng, fuqaro Jo`rabekova G. ning murojaatiga binoan yuqoridagi ko`rsatilgan xonadonga kiritib qo`yilgani va yashayotgani to`g`risida tavsifnoma Mahalla tomonidan taqdim etilgan.
Fuqaroning 3 nafar farzandlarini Mahalla, na qo`shnilar ushbu xonadonda ko`rmaganligi sababli, qo`shnilar va uy boshi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirib berilmagan. Mahalla xodimlari, Profilaktika inspektori bir necha bor uyga kirilganda uyda hech kim bo`lmagan farzandlari ko`rinmagan. Fuqaro g.Jo`rabekova nohaq talab bilan MFYdan farzandlari shu erda yashayotganligini tasdiqlab beruvchi ma`lumotnoma berilishini talab qilgan. g. Jo`rabekovaga 2018 yil 15 oktyabrdan buyon hech qanday turdagi ma`lumotnomalar taqdim etilmasligi haqida tushuntirib, ogohlantirishga qaramasdan Qibray tumanidagi deputat Doniyor Yusupovga murojaat qilgan. Deputat MFY raisi bilan biror marotaba muloqotda bo`lmay ikkinchi tarafni eshitmay bir yoqlama ayblov bilan ijtimoiy tarmoqda vazir nomiga murojaat bilan chiqdi.
Yuqoridagi holat Mirzo Ulug`bek tuman Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi tomonidan o`rganildi va tegishliligi bo`yicha Xalq deputatlari Qibray tumani kengashi deputati Doniyor Yusupovning shikoyatlari o`rinsiz ekanligini ta`kidlab o`tadi.