AsosiyJamiyat

Fuqarolar yig`inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi may-iyun oylarida o`tadi

Fuqarolar yig`inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko`rish hamda uni o`tkazish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaror qabul qildi.

Fuqarolar yig`inlari raislari va ular maslahatchilarining vakolat muddati 2016 yil may-iyunda tugashi munosabati bilan navbatdagi saylovini o`tkazish muddati 2016 yilning may-iyun oylariga belgilandi. 

Bo`lajak saylovda 9764 nafar fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va ularning 99 ming nafardan ziyod maslahatchisi saylanadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2016 yilning 20 martigacha bo`lgan muddatda saylovni tashkil etish hamda o`tkazishga ko`maklashuvchi komissiyalarni tuzish, saylovini tashkil etish hamda o`tkazishda fuqarolar yig`inlariga ko`maklashish, zarurat bo`lganda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta`minlash belgilandi.

    Boshqa yangiliklar