AsosiyJamiyat

Navoiyshunos va bloger Akrom Malik “Ilhom” mukofoti g`olibi bo`lib, “Spark” bilan taqdirlandi

'Navoiyshunos va bloger Akrom Malik “Ilhom” mukofoti g`olibi bo`lib, “Spark” bilan taqdirlandi'ning rasmi

Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Ma`lumki, Prezident Shavkat Mirziyoev 2020 yilning 20 may kuni Adiblar xiyobonining ochilish marosimida ishtirok etib, xiyobonda haykallari o`rnatilgan yozuvchi-shoirlarning hayoti va ijodini o`rganish, targ`ibotini jonlantirish maqsadida “Ilhom” mukofotini joriy qilish bo`yicha taklif bildirgan edi. 

Mazkur topshiriqning ijrosini ta`minlash maqsadida o`tgan yilning o`zida Vazirlar Mahkamasining “Ilhom” mukofotini ta`sis etish to`g`risida” qarori qabul qilindi. 

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o`rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o`tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga berilishi belgilandi.

Ilk bor o`tkazilayotgan tanlovning sarash bosqichi oliy ta`lim muassasalari doirasida o`tkazildi. Ushbu saralash bosqichida barcha oliy ta`lim muassasalaridan o`n mingdan ortiq talaba-yoshlar, murabbiylar ishtirok etdi. 

Asosiy bosqich respublika miqyosida bo`lib o`tdi. “Ilhom”  mukofoti tanlovining Respublika bosqichi uchun 82 ta oliy ta`lim muassasasidan 182 ta ijodiy ish qabul qilindi.

Shundan, 3 ta asosiy va 6 ta rag`batlantiruvchi mukofot uchun g`oliblar saralandi.

Tanlov g`oliblari 1-o`rin uchun ­– O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Spark” engil avtotransport vositasi, maxsus diplom va statuetka; 

2-o`rin uchun – 30 mln. so`m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka; 

3-o`rin uchun – 15 mln. so`m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka bilan taqdirlandi. 6 nafar rag`batlantiruvchi mukofot sohiblariga qimmatbaho esdalik sovg`alari topshirildi. 

 

“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2021 yilgi g`olib va sovrindorlari:

1-o`rin - Malikov Akrom Abduhamidovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O`zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti.

2-o`rin-Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi

3-o`rin - Shermatov Qobiljon Otaqo`zi o`g`li - Farg`ona davlat universiteti 3-bosqich talabasi.

3-o`rin –Palimbetova Malika Janabaevna - Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
 

Rag`batlantiruvchi o`rin:

* Otaboev Akbar Inoyatovich - Urganch davlat universiteti talabasi.

  • Qahharova Madina Muzaffarovna - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.
  • O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi. 
  • Nizomov Farxod Muso o`g`li - Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi.
  • Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi. 
  • Jamalova Xonzodaxon Shaxabiddin qizi - O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi, (marhum)

Mazkur tanlov an`anaviy tarzda har yili o`tkazib boriladi.

    Boshqa yangiliklar