AsosiyJamiyat

21-25 may oralig`ida ayrim yo`nalishdagi avtobuslar harakati alohida nazoratga olinadi

'21-25 may oralig`ida ayrim yo`nalishdagi avtobuslar harakati alohida nazoratga olinadi'ning rasmi

2021 yil 21-25 may kunlari Istiqlol va A.Navoiy ko`chalari oralig`idagi hududda “Toshkentning besh tashabbus harakati” tadbiri ishtirokchilariga qulayliklar yaratish va ko`tarinki kayfiyatda o`tkazilishini ta`minlash maqsadida, 2021 yil 21-25 may kunlari 28, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 115, 140, 155, 190-sonli avtobus yo`nalishlariga o`rnatilgan to`liq jadvallar asosida avtobuslarni ishga chiqarish va yo`nalishlarning faoliyati alohida nazoratga olinishi belgilab olindi. Bu haqda Toshshahartransxizmat Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bunda,

Yo`nalishlarda qatnov vaqtlari va oraliq interval vaqtlariga rioya etilishi, belgilangan qatnovlar sonini bajarilishi ta`minlanishi;

Avtobuslarning texnik va sanitar holati ustidan qat`iy nazorat o`rnatilishi;

Haydovchilar bilan xizmat ko`rsatish vaqtida harakat va yo`lovchilar tashish qoidalariga qat`iy rioya etish yuzasidan navbatdan tashqari yo`riqnomalar o`tkazilishi.

Haydovchilar va chiptachilar qat`iy ravishda tibbiy niqob va qo`lqopdan foydalangan holda xizmat ko`rsatishi ta`minlanadi.

Shuningdek, 28, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 115, 140, 155, 190-sonli avtobus yo`nalishlaridagi avtobuslarning faoliyati ustidan yo`nalish nozimlari va GPS masofaviy nazorat tizimi orqali nazorat kuchaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar