Kecha, 20 mayda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 49930 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda SSV xabar qildi.
Ulardan:
-1-bosqich emlanganlar 14615 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 35315 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 1512421 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
-1-bosqich emlanganlar 1154313 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 358108 nafarni tashkil qildi.
20 may kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
* Farg`ona viloyati (7810 doza),
* Namangan viloyati (6011 doza),
* Andijon viloyati (5491 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha 8 ta hudud peshqadamlik qilib, emlashlar soni:
-Farg`ona viloyatida 204065 doza,
-Andijon viloyatida 189110 doza,
-Namangan viloyatida 168835 doza,
-Samarqand viloyatida 149560 doza,
-Qashqadaryo viloyatida 110870 doza,
-Toshkent shahrida 110481 doza,
-Surxondaryo viloyatida 108063,
-Toshkent viloyatida 101731 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






