AsosiyJamiyat

Bekobod tumanidagi 5 ta maktab va 1 ta bog`cha karantinga olindi

'Bekobod tumanidagi 5 ta maktab va 1 ta bog`cha karantinga olindi'ning rasmi

Bekobod tumanidagi 38-, 1-, 58-, 2- va 8-umumiy o`rta ta`lim maktablarining o`quvchi yoshlari o`rtasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli mazkur maktablar 14 kun muddatga vaqtinchalik karantinga olinib, o`quv jarayonlari masofaviy ta`lim olishga o`tkazildi. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. 

 Shuningdek, 22-maktabgacha ta`lim tashkiloti vaqtincha yopildi. Ushbu maktablar va maktabgacha ta`lim tashkiloti hududiy SEO va JSB xodimlari tomonidan dezinfeksiya ishlari olib borildi. Koronavirus infeksiyasi bo`yicha maktab o`qituvchilari, o`quvchilari, tarbiyachilar hamda tarbiyalanuvchilar ota-onalarining xabardorligi oshirilib, kasallik tarqalishining oldini olishda karantin qoidalariga rioya qilish ahamiyati haqida tushuntirish-targ`ibot ishlari olib borildi.

 

    Boshqa yangiliklar