AsosiyShou-biznes

Sergey Lazarevning “Evrovidenie” uchun ishlagan klipi 1 kunda million marta ko`rildi

Sergey Lazarevning “You are the only one” (“Sen — yagonasan”) klipi YouTube tarmog`ida bir sutkada million marta tomosha qilindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Mazkur qo`shiq bilan Sergey Shvesiyada bo`lib o`tadigan “Evrovidenie” tanlovida ishtirok etadi.

Klipning rasmiy taqdimot marosimi 5 mart kuni “Rossiya” kanalida o`tkazildi. Efirdan so`ng klip yozib olinib, YouTube tarmog`iga joylashtirildi.

“Men bu qo`shiqni jonu-dilim bilan sevib qoldim.  Bu qo`shiq meni ‘Evrovidenie’da ishtirok etishga rozilik bildirishga undadi. Men sakkiz yil davomida bu tanlovda ishtirok etish takliflarini rad etib keldim”,— dedi xonanda. 

Mazkur qo`shiqni yaratishda Filip Kirkorov va xalqaro bastakorlar guruhi, jumladan gresiyalik  Dimitris Kontopulos ham ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar