1

Xorazmda 4 nafar fuqaroga pul evaziga "prava" olib berayotgan ayol va erkak qo`lga tushdi

Jamiyat 21.05.2021, 11:17
Xorazmda 4 nafar fuqaroga pul evaziga "prava" olib berayotgan ayol va erkak qo`lga tushdi

Xorazm viloyatida fuqarolarga pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan IIB viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.M. haydovchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan “X.” MChJ o`qituvchisi S.I. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 4 nafar fuqaroga avtomobil boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 750 AQSh dollari va 500 ming so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1