1

Farg`onada ayol sudyaga zo`ravonlik qilgan 31 yoshli yigitga hukm o`qildi

Jamiyat 21.05.2021, 11:31
Farg`onada ayol sudyaga zo`ravonlik qilgan 31 yoshli yigitga hukm o`qildi

Avvalroq, Fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining ayol sudyasi zo`ravonlikka uchragani xabar qilingan edi. Ya`ni, 1990 yilda tug`ilgan M. 2021 yilning 13 aprel kuni mulklarni bo`lish haqidagi da`vo ariza yuzasidan nizoni joyida o`rganish uchun Farg`ona tumani, “Ilg`or” MFY, Saxovat ko`chasidagi xonadonga kelgan sudyani haqorat qilib,  qo`l telefonini tortib oladi va erga urib sindiradi.

O`tkazilgan surishtiruv aybdor shaxs ma`muriy javobgarlikka tortilishi bilan yakuniga etdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Sudda huquqbuzar qilmishini inkor etgani yo`q.

Pirovardida, sud uni O`zbekiston Respublikasi MJtKning 41- (haqorat qilish) va 612-moddalarida (o`zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish) nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topib, mazkur Kodeksning 34-moddasiga asosan uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanadi.

 Shuningdek, sud qarorida sudyaga etkazilgan moddiy zarar (1 mln. 600 ming so`m) undirilishi ham belgilandi.      

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1