1

O`zbekiston adliya vaziri Rossiyadagi o`zbekistonlik yuristlarga huquqiy muammolarni birgalikda hal etish taklifini bildirdi

Jamiyat 21.05.2021, 13:19
O`zbekiston adliya vaziri Rossiyadagi o`zbekistonlik yuristlarga huquqiy muammolarni birgalikda hal etish taklifini bildirdi

O`zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov 20 may kuni Moskva shahriga xizmat safari doirasida Rossiya Federasiyasida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashib, suhbatlashdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Unda yuristlar, advokatlar, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasi, shuningdek, Rossiya yuridik hamjamiyatlari vakillari ishtirok etgan.

Uchrashuv chog`ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va yuristlar uchun yaratib berilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma`lumot berilgan, shuningdek O`zbekiston fuqarolari Rossiya Federasiyasida duch kelayotgan huquqiy muammolarga samarali echim topish maqsadida vatandoshlarimiz bilan o`zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Huquqiy muammolarni o`rganish va ularni hal etishda qonunchilik darajasida ko`mak ko`rsatish maqsadida Rossiya Federasiyasida istiqomat qilayotgan yurist vatandoshlarimiz bilan dolzarb masalalar bo`yicha doimiy uchrashuvlar tashkil qilish taklif etildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1