1

"To`yimizni buzmanglar, iltimos" – Ortiqxo`jaev OAV vakillari va blogerlarga iltimos qildi

Jamiyat 21.05.2021, 14:05
"To`yimizni buzmanglar, iltimos" – Ortiqxo`jaev OAV vakillari va blogerlarga iltimos qildi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev ishtirokida "Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivaliga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. Unda ishtirok etgan "Xalq so`zi" sayti muxbirining xabar berishicha, hokim anjumanda tadbirni o`tkazish, tashkiliy masalalar yuzasidan fikr bildirib, OAV vakillariga «to`yimizni buzmanglar» deya hazilomuz murojaat qilgan.

«Bu bayramga juda katta tayyorgarlik ko`rdik, ayrim xodimlarimiz 24 soatlab mehnat qilishdi. Uni yoshlarimiz uchun katta bayram, to`ydek qilib o`tkazishimiz kerak. OAV vakillari va blogerlarga iltimosim shuki, agar qaerdadir kamchiliklarga yo`l qo`yilgan bo`lsa, saytlarda aylantirmay o`zimizga aytishsa, zudlik bilan muammoni bartaraf qilamiz. 

Shuncha mehnatdan keyin ham faqat tanqidlar bo`laversa, mana shunaqa tadbirlarni o`tkazishga ishtiyoqimiz yo`qolib qoladi. Sizlar ham yoshlarimizni bizdek sevsangiz xatolarimizni avvalo o`zimizga ayting, biz to`g`rilashga tayyormiz. To`y to`ydek bo`lsin! To`yimizni buzmanglar, iltimos», dedi Ortiqxo`jaev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1