AsosiyDunyo

Eronning eng badavlat fuqarosi o`lim jazosiga hukm qilindi

Eronda 41 yoshli milliarder Babak Zanjani osib o`ldirishga hukm qilindi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Eron Respublikasi sud tizimining aniqlashicha, Zinjani va yana ikki kishi horijiy davlatlarga neft sotish bilan bog`liq noqonuniy ishlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Mazkur uch nafar shaxs  mamlakat qonunchiligi bo`yicha “er yuzida korrupsiyani keng targ`ib qilganlikda” ayblanmoqda. 

Shuningdek, sud Zanjani va uning sheriklari tomonidan o`zlashtirilgan mablag`larni g`aznaga qaytarishni ham talab qildi. Mazkur mablag`ning bir qismi mamlakatning yirik yonilg`i operatori Eron milliy neft kompaniyasiga tegishli ekanligi aytilmoqda. Jinoyatchilar sud qaroridan norozi bo`lgan taqdirda yuqori organlarga arz qilishi mumkin. 

Zanjani 2013 yilning dekabr oyida hibsga olingan edi.

    Boshqa yangiliklar