AsosiyJamiyat

Toshkent tumanidagi “Uch qahramon” bozorida do`kon egalari chiqarib yuborildimi? Hokimlik izoh berdi

'Toshkent tumanidagi “Uch qahramon” bozorida do`kon egalari chiqarib yuborildimi? Hokimlik izoh berdi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumanidagi “Uch qahramon” bozori ma`muriyati tomonidan tadbikorlarning faoliyatiga to`sqinlik qilish, ya`ni do`kon egalarini bozor hududidan majburan chiqarib yuborish holatlari aks etgan videolavha tarqaldi. 

Holat yuzasidan tuman hokimligi Axborot xizmati ma`lumot berdi:

Aniqlanishicha, xabarga ilova qilingan videodagi holat kecha, 20 may kuni “Uch qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi” MChJ hududida yuzaga kelgan.

Vaziyat tez fursatda Toshkent tumani hokimi va tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i nazoratiga olindi.

Shuningdek, shu kunning ikkinchi yarmida ushbu savdo kompleksida faoliyat yuritayotgan bir guruh tadbirkorlar Toshkent tumani hokimligiga kelib, vaziyat bo`yicha qonuniy echim topishda tuman hokimidan amaliy yordam so`rab murojaat etishdi.

Toshkent tumani hokimi O.Rustamov tadbirkorlarning vajlarini tingladi va bir hafta muddatda mas`ul idora vakillarini jalb etgan holda holatga aniqlik kiritib, vaziyat borasida joyiga chiqqan holda tadbirkorlar va jamiyat ma`muriyati ishtirokida bir to`xtamga kelishni ma`lum qildi.

Ushbu holat yakuni bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.

Boshqa yangiliklar