1

MDHning eng yaxshi o`zbek talabasining kitobi xorijda chop etildi

Jamiyat 21.05.2021, 16:31
MDHning eng yaxshi o`zbek talabasining kitobi xorijda chop etildi

O`zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali «Amaliy matematika» fakulteti talabasi Dilmurod Rahmatovning “Modern Information Technologies in Education” nomli kitobi xorijiy "Scholars’ Press" nashriyoti tomonidan chop etildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Hozirda kitob morebook.de va amazon.com onlayn do`konlarida sotuvga qo`yildi. Sotilgan kitoblardan yig`ilgan mablag`ning bir qismi muallifga gonorar sifatida to`lab boriladi.

 Kitobda ta`limda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llashning dolzarb vazifalari, xususan, gibrid ta`lim, masofaviy ta`lim, SMART texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari va ta`lim tizimida sun`iy tafakkurdan foydalanishning amaliy va nazariy jihatlari yoritilgan.

 Kitob talaba, magistr, o`qituvchilar va o`quv jarayonini axborot texnologiyalari asosida modernizasiya qilish bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar uchun mo`ljallangan.

 D.Rahmatov tomonidan bugungi kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan, 3 ta EHM uchun dasturiy mahsulotlari muallifi, «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» tanlovi g`olibi va ko`krak nishoni sovrindori, Jizzax viloyat hokimi stipendiyasi sohibi hamda «Oltin fond» a`zosi hisoblanadi.

 Ayni damda kitob chegirmali narxlarda sotuvga qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1