1

Toshkent viloyat PPX xodimlari tomonidan 18 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi

Jamiyat 21.05.2021, 17:57
Toshkent viloyat PPX xodimlari tomonidan 18 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi

Bundan tashqari o`tgan 4 oy mobaynida 800 nafardan ortiq ish va yashash joyi noaniq bo`lgan shaxslar reabilitasiya markazlariga joylashtirildi.

Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta`minlash bo`yicha bir qator choralar ko`rib ko`rilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyat IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Jumladan, joriy yilning o`tgan 4 oyi mobaynida Patrul-post xizmati xodimlari ishtirokida ko`plab jinoyatlar fosh etilgan bo`lsa, 18 nafar qidiruvda bo`lgan shaxslar aniqlanib, ushlandi.

Shuningdek, bedarak yo`qolgan 7 nafar shaxs oilasiga qaytarilgan bo`lsa, ish va yashash joyi noaniq bo`lgan 838 nafar shaxslar reabilitasiya markazlariga joylashtirildi.

Jinoyatning asosiy vositalaridan biri bo`lgan qurollanish, ya`ni o`tkir tig`li jismlar va boshqa noqonuniy qurollarni olib yurish, saqlash bo`yicha o`tkazilgan «Tig`» maxsus-profilaktik tadbiri davomida, 811 nafardan ortiq fuqarolardan 792 ta o`tkir tig`li jismlar tegishli tartibda olinib sodir etilishi mumkin bo`lgan ko`ngilsiz holatlarning oldi olindi. Ularning, 675 tasi pichoq, 9 tasi kastet, 8 ta bita va 100 ta boshqa ko`rinishdagi o`tkir tig`li jismlarni tashkil qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1