1

Yangi O`zbekiston universiteti tashkil etiladi

Jamiyat 21.05.2021, 18:29
Yangi O`zbekiston  universiteti tashkil etiladi

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda «Toshkent 5 tashabbus harakati» bo`lib o`tmoqda.

Tadbir doirasida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Bekzod Musaev yoshlar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda Yangi O`zbekiston universiteti tashkil etilishi, unga malakali o`qituvchilar, salohiyatli pedagoglar, xorijdan nufuzli kadrlar jalb qilinishi ma`lum qilindi.

Bosh vazir o`rinbosari maktabdagi ta`lim tizimiga oid fikrlarini aytib o`tdi. Yoshlarning oliy ta`lim tizimiga oid fikrlarini tingladi.

Suhbat jarayonida yangi oliy o`quv yurtlari tashkil etilayotgani, talabalar uchun yotoqxonalar ko`paytirilishi, bularning barchasi yoshlarga yanada qulay sharoit yaratish uchun qilinayotgani alohida e`tirof etildi.

B.Musaev yoshlarga faoliyati haqida qisqacha so`zlab berdi. Oddiy bank xodimi lavozimidan ushbu mas`uliyatli darajagacha etib kelishigacha bo`lgan mehnat faoliyati bilan o`rtoqlashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1