Kecha, 21 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir haydovchi tomonidan “Qamchiq” dovonidagi tosh qulashi aks etgan, avtomobil egalarini ehtiyot bo`lishga chaqirgan videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumot berdi:
Aslida, bu holat toshlarni sun`iy ravishda geologik xavfli hududlardan tushurish uchun rejalashtirilgan tadbirdir. Ushbu jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari, Geologik xavfli jarayonlarni kuzatib borish bo`yicha davlat xizmati mutaxassislari va yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tadbir barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda o`tkaziladi. E`tibor bering, bunday ishlar butun dunyoda amalga oshiriladigan jarayon bo`lib, tushib ketishi ehtimoli yuqori bo`lgan tog` jinslarning yo`lga tushishini oldini olishga qaratilgan amaliyot hisoblanadi.






