AsosiyJamiyat

Bugun poytaxtning bir qancha ko`chalarida transportlar harakati vaqtincha cheklanishi mumkin

'Bugun poytaxtning bir qancha ko`chalarida transportlar harakati vaqtincha cheklanishi mumkin'ning rasmi

Poytaxtning ayrim ko`chalarida transportlar harakati vaqtincha cheklanishi mumkin. Bu haqda YHXBB ma`lum qildi.

Huquqbuzarliklarni oldini olish, favqulodda holatlar yuzaga kelganda tezkorlikni oshirish maqsadida, Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan o`quv mashg`ulotlari  o`tkaziladi.

Shu munosabat bilan 2021 yil 22 may kuni soat 08:00dan 10:00gacha poytaxtning Temur Malik, Do`rmon yo`li, Mirzo Ulug`bek, Mustaqillik, Buyuk ipak yo`li, Mahtumquli, Islom Karimov, Afrosiyob, Oybek, Nukus va Shahrisabz ko`chalarida transport vositalari harakati qisqa muddatga cheklanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar