AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda YPX xodimi xaydovchiga qo`l ko`targani aytilmoqda. Holat yuzasidan o`rganish olib borildi

'Qoraqalpog`istonda YPX xodimi xaydovchiga qo`l ko`targani aytilmoqda. Holat yuzasidan o`rganish olib borildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Qoraqalpog`istonda xaydovchiga qo`l ko`taradigan YPX xodimi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma`lumot

Joriy yilning 18 may kuni soat 11:15 larda  Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xo`jayli tumani, Nukus guzari ko`chasida xizmat olib borayotgan QR IIV YHXB YPX inspektori A.Eshmurzaev tomonidan haydovchi T.B. boshqaruvida bo`lgan "Isuzu" rusumli transport vositasi piyodaga yo`l bermaganligi uchun to`xtatilgan va unga qoidabuzarlik bo`yicha tushuntirish berilgan.

Shundan so`ng haydovchi qoidabuzarlikni tan olmay qo`l telefoniga tasvirga olishni boshlagan vaqtda, haydovchining otasiman deb tanishtirgan fuqaro inspektorga avtomobilning hujjatlarini olib berib qog`oz bayonnomaga rasmiylashtirishni so`ragan. Bayonnoma rasmiylashtirilganidan so`ng haydovchi imzo quyishdan bosh tortgan va YPX inspektori bilan haydovchi o`rtasida nizoli vaziyat kelib chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar