Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida «Aholining ichimlik suvi bo`yicha debitor qarzdorligi va tarmoqqa noqonuniy ulanishlarning oldini olish» mavzusida o`tkazilgan matbuot anjumanida O`zbekiston bo`yicha suvdan qarzdorlik 674,1 milliard so`mga etgani ma`lum qilindi.
Mavjud qarzdorlikning 555,8 milliard so`mi aholi, 118,2 milliard so`mi esa yuridik iste`molchilar hissasiga to`g`ri keladi.
«O`zsuvta`minot» mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda qayd etilishicha, 2021 yilning birinchi choragida elektron to`lov tizimlari orqali 39,3 milliard so`m kelib tushgan, ushbu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga (22,8 milliard so`m) nisbatan 72 foizga oshgan.
Bugungi kunda 2444 nafar nazoratchi ishga qabul qilinib, ular 2 368 ta (97 foiz) terminal va 2 587 ta (106 foiz) termoprinter bilan ta`minlangan.
2021 yil birinchi choragida pul undiruvi 349 milliard so`mni tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 122 milliard so`m yoki 54 foizga oshgan. Hududiy korxonalar tomonidan 63,5 milliard so`m qarzdorlik fuqarolik va iqtisodiy sudlarga taqdim qilingan.
Markazlashgan ichimlik suvi xizmatlari mavjud bo`lgan 741 ta MFYdagi shartnomasiz ravishda ichimlik suvdan foydalanib kelayotgan 23 343 ta iste`molchi (90 932 aholi) aniqlangan va ular bilan «Suvta`minot» MChJlar shartnomalar rasmiylashtirishga hamda 7,826 milliard so`m undirilishiga erishilgan.






