AsosiyJamiyat

Vaksina olgan fuqarolarga niqob taqmaslikka ruxsat berildimi?

'Vaksina olgan fuqarolarga niqob taqmaslikka ruxsat berildimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda emlangan fuqarolarga niqob taqmaslikka ruxsat berilishi  to`g`risida asossiz ma`lumotlar tarqatilmoqda. Holat yuzasidan SSV ma`lumot berdi.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaevaning  koronavirusga oid savollar yuzasidan o`tkazilgan brifingda bergan javobi bunga asos qilib ko`rsatilmoqda.  

Aslida mutaxassis ayrim davlatlarda aholining 60-70 foizi to`liq emlanganidan keyingina vaksina qabul qilganlar niqobsiz yurishi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin bo`lgani haqida aytgan edi.

Holbuki, yurtimizda dastlab 4 million nafarga yaqin xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar emlanishi ko`zda tutilgan. 34 million nafardan oshiq fuqaro yashaydigan mamlakatda aholi niqobsiz yurishi uchun kamida 15 million nafardan ortiq kishi emlanishi kerakligi — oddiy arifmetika.  

Shuning uchun emlanganlar niqobsiz yurishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga zid bo`lib, jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanish tartiblariga amal qilish barcha uchun majburiy.

    Boshqa yangiliklar