AsosiyDunyo

Hindistonda eng yaxshi futbolchi haqidagi bahs qotillik bilan yakun topdi

Hindistonning Mumbay shahrida nigeriyalik o`z vatandoshini dunyoning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi yokiKrishtianu Ronaldu ekanligi haqidagi bahsdan so`ng o`ldirib qo`ydi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Nigeriyalik ikki fuqaro o`rtasidagi janjal ulardan birining tug`ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan kechada kelib chiqdi. Tug`ilgan kun sohibi qizishib ketib, mehmonga stakan uloqtirdi. Ronalduning muxlisi bo`lgan mehmon esa stakan siniqlarini olib, do`stini bir necha marta jarohatlagan va qochib ketgan.

Nigeriyalik fuqaro voqea joyida vafot etgan. Qotillikda gumonlanayotgan shaxs Hindiston polisiyasi tomonidan qo`lga olingan.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar