Bugun, 22 may kuni Navoiy viloyatida qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, rus tili (ta`lim o`zbek va qardosh tillarida), qozoq tili, Namangan viloyatida fizika, tarix, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo`yicha fan olimpiadasining respublika bosqichiga start berildi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Olimpiadada jami 194 nafar o`quvchi ishtirok etmoqda. qoraqalpoq tili va adabiyoti 6 nafar, rus tili va adabiyoti 30 nafar, rus tili (ta`lim o`zbek va qardosh tillarida) 35 nafar, qozoq tili 12 nafar, fizika 35 nafar, tarix 42 nafar, informatika va axborot texnologiyalari fanidan 34 nafar o`quvchi ishtirok etmoqda.
O`quvchilar uchun hududlarda yotoqxona hamda olimpiada o`tkaziladigan kunlari ovqatlanish va barcha shart sharoitlar yaratilgan.
Navoiyda bo`lib o`tayotgan fan olimpiadasi respublika bosqichi onlayn translyasiyasini ushbu havola orqali ko`rish mumkin






