18 may kuni soat 19:30dan 19 may kuni soat 07:30ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, noma`lum shaxs Yangihayot tumani “Xumo” mahallasida joylashgan uylar oldida bo`la turib u erda 39 yoshli I.Akbarjon tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Lacetti” rusumli avtoulovining old yo`lovchi eshik oynasini “zajigalka” yordamida qizdirish yo`li bilan sindirib, salonga o`rnatilgan narxi 1.000.000 so`mlik antiradar moslamasini yashirin ravishda o`g`irlab hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni fuqaro 45 yoshli I.Akbarjon sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.






