AsosiyJamiyat

"Nonvoyxonadagi muammoni 300.000 so`m bilan "Yopvoradigan" xodim kim bo`ldi ekan-a?!" — FVV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan izoh berdi

'"Nonvoyxonadagi muammoni 300.000 so`m bilan "Yopvoradigan" xodim kim bo`ldi ekan-a?!" — FVV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan izoh berdi'ning rasmi

21 may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali "Nonvoyxonadagi muammoni 300.000 so`m bilan "Yopvoradigan" xodim kim bo`ldi ekan-a?!" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

 Mazkur xabar yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xavfsizlik qoidalari buzilganligi uchun ta`magirlik yo`li bilan pul talab qilgan shaxsning FVVga hech qanday aloqasi yo`qligini ma`lum qildi:

 - xonadoningizga kelib, o`zini FVVning quyi tizimlariga o`xshash tashkilotlar nomlari bilan tanishtirgan shaxslardan, birinchi navbatda, o`z shaxsini tasdiqlovchi hujjat(xizmat guvohnomasi)ini taqdim etishini so`rang;

 - guvohnomada yozilgan mansabdor shaxsning harbiy unvoni va lavozimini eslab qoling, kiyim-bosh va maxsus belgilariga e`tibor bering, agarda mansabdor shaxsning hatti-harakatlari Sizda shubha uyg`otsa, vazirlikning «1101» ishonch raqamiga qo`ng`iroq qiling;

 Maxsus-formali kiyim-bosh kiyib yurgan yoki shu kiyimga juda o`xshash kiyimdagi shaxslar tomonidan o`zlarini “davlat yong`in nazorati organi (“pojarny”) xodimi” sifatida tanishtirib, to`lov undirish holatlariga duch kelsangiz, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat eting.

    Boshqa yangiliklar