AsosiyJamiyat

Andijonda haydovchi sheriklari bilan YPX xodimini kaltakladi(video)

'Andijonda haydovchi sheriklari bilan YPX xodimini kaltakladi(video)'ning rasmi

Andijonda YPX xodimi tomonidan to`xtatilgan fuqaro inspektorning talablariga bo`ysunmagani etmagandek, tanishlarini voqea joyiga chaqirib, xodimni kaltaklaydi. Bu holat YPX inspektorining body kamerasiga yozilib qoladi. Bu haqda Zamon dasturida ma`lum qilindi.  

Ko`pchiliklashib inspektorni do`pposlagan fuqarolar voqea joyidan yashiringan. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ayblanuvchilar qo`lga olindi.  

Ana shu paytda noto`g`ri ish qilganimni bilaman. Qalbdan pushaymonman. Afsusdaman,-deydi aynlanuvchilardan biri.

Surishtiruv davomida ayblanuvchilardan 2 nafari avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgani ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar