Romitan tumanida Ichki ishlar xodimlari kiyimini kiyib, qonunbuzarlikka qo`l urishdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB ma`lum qildi.
Ular harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim boshini bunday huquqqa ega bo`lmasdan turib kiyib, turli hatti harakatlar qilib, video suratga olgan. Shundan so`ng ushbu tasvirlarni "TikTok" dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan.
Bu esa Ma`muriy javobgarlik kodeksiga zid. Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan surishtiruv olib borildi. Fuqarolarning shaxsi aniqlanib, Romitan tumani ochiq sud majlisida ish ko`rildi.
Sud yakunlariga ko`ra ikki qoidabuzarga eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarima jazosi berildi.






