AsosiyJamiyat

Yoshlar ittifoqi xodimini do`pposlagan qashqadaryolik fuqarolar ishini IIB o`rganmoqda

'Yoshlar ittifoqi xodimini do`pposlagan qashqadaryolik fuqarolar ishini IIB o`rganmoqda'ning rasmi

2021 yil 21 may kuni soat 13:20 larda Kitob tumani IIBga Kitob tumani “Iskana” MFYda yashovchi, tumandagi 51-sonli o`rta maktabning Yoshlar ittifoqi xodimi fuqaro K.A ariza bilan murojaat qilib, unda o`zini va onasi S.D.ni Q.E, Q, L,  I, ismli fuqarolar haqoratlab, urib tan jarohati etkazganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Uning arizasi Kitob tumani IIB Navbatchilik qismidan belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan. 

Hozirda holat yuzasidan hududiy profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holatni vujudga keltiruvchi sabablar to`liq o`rganilib, jazo muqarrarligi ta`minlanadi.

Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar