Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIB HPB profilaktika inspektori kapitan Ya.Z 2021 yil 27 aprel kuni o`ziga biriktirilgan ma`muriy hududi ya`ni Oqoltin tumani “Yangi davr” mahallasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida, ushbu mahallaning “Terakzor” ko`chasida fuqaro A.U karantin qoidalariga rioya qilmay, tibbiy niqobsiz, jamoat joyida “pivo” spirtli ichimligini iste`mol qilib o`tirganligini aniqlangan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirish maqsadida xizmat xonasiga taklif qilganida, ushbu fuqaro xodimning qonuniy talablariga bo`ysunmay, unga faol qarshilik ko`rsatib, hech bir sababsiz, turli xil qo`pol so`zlar bilan mast xolatda haqorat qilib voqea joyidan qochib ketgan.
Ushbu holat Sirdaryo viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan nazoratga olinib, Oqoltin tumani tumani IIB HPB tomonidan fuqaro A.Uga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183 va 194-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, to`plangan xujjatlarni mazmunan ko`rib chiqish uchun JIB Oqoltin tuman sudiga yuborilgan.
JIB Oqoltin tuman sudining qaroriga ko`ra fuqaro A.U O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183 va 194-moddalarida ko`rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 (o`n besh) sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.






