AsosiyJamiyat

Qibraydagi qaysi mahallalar Toshkent shahri tarkibiga o`tmoqda?

'Qibraydagi qaysi mahallalar Toshkent shahri tarkibiga o`tmoqda?'ning rasmi

Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 20 ta mahalla fuqarolar yig`ini (jami 4402 gektar) Toshkent shahri tarkibiga o`tkaziladi. Bu haqda joriy yil 20 may kuni Xalq deputatlari Qibray tuman kengashining tegishli qarori qabul qilingan.  Bu haqda Xushnudbek yozmoqda. 

Jumladan, Qibray tumanidagi:

Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg`in, Bahor, Chinor va Tovkentepa mahallalari (2107,4 gektar) poytaxtning Yashnobod tumani;

Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do`stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog`ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog`, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2294,6 gektar) Mirzo Ulug`bek tumani tarkibiga o`tkaziladi.

Belgilanishicha, Qibray tumani okrugidan saylangan xalq deputatlari Qibray tuman kengashining deputatlari tegishlicha xalq deputatlari Yashnobod va Mirzo Ulug`bek tuman kengashlari tarkibiga o`tgan hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar