AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda o`g`il onasi bilan avval "otamlashib" keyin uni pichoqlab o`ldirdi

'Qashqadaryoda o`g`il onasi bilan avval "otamlashib" keyin uni pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Chiroqchi tumani “Kishmishtepa” mahallasida qotillik sodir etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, shu yilning 8 may kuni ona bola – T.N. va J.T. birga spirtli ichimlik iste`mol qilishadi. Gap orasida o`zaro kelishmovchilik chiqib, ona-bola tortishib qoladi. Tortishuv janjalga aylanib, tungi soat 02.00larda o`g`il J.T. onasi T.N.ga pichoq uradi. Natijada ayol vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroq tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar