AsosiyJamiyat

Kosonlik qizlar nega janjallashdi? Viloyat IIB izoh berdi

'Kosonlik qizlar nega janjallashdi? Viloyat IIB izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy  tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida bir guruh qizlar janjallashgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Viloyat IIBning ma`lum bo`lishicha,  2021 yil 13 may kuni taxminan soat 14.00 larda Koson tumani markazida joylashgan Davlat xizmatlari binosi ro`parasida bir guruh qizlar o`zaro tortishib, bir-birlari bilan urishib, karantin qoidalariga amal qilmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan janjallashgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjalda ishtirok etgan fuqarolarga nisbatan javobgarlik masalasini hal qilishlik uchun to`plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo`yicha Koson tuman sudiga yuborildi.

Boshqa yangiliklar